Школа » Презентации » Другие презентации » Педагогик тадкикотларнинг экспериментал натижаларини кайта ишлаш. Микдорий усулларнинг узига хослиги.

Презентация - "Педагогик тадкикотларнинг экспериментал натижаларини кайта ишлаш. Микдорий усулларнинг узига хослиги."

0
20.08.24
На нашем сайте презентаций klass-uchebnik.com вы можете бесплатно ознакомиться с полной версией презентации "Педагогик тадкикотларнинг экспериментал натижаларини кайта ишлаш. Микдорий усулларнинг узига хослиги.". Учебное пособие по дисциплине - Презентации / Другие презентации, от атора . Презентации нашего сайта - незаменимый инструмент для школьников, здесь они могут изучать и просматривать слайды презентаций прямо на сайте на вашем устройстве (IPhone, Android, PC) совершенно бесплатно, без необходимости регистрации и отправки СМС. Кроме того, у вас есть возможность скачать презентации на ваше устройство в формате PPT (PPTX).
Педагогик тадкикотларнинг экспериментал натижаларини кайта ишлаш. Микдорий усулларнинг узига хослиги. 📚 Учебники, Презентации и Подготовка к Экзаменам для Школьников на Klass-Uchebnik.com

0
0
0

Поделиться презентацией "Педагогик тадкикотларнинг экспериментал натижаларини кайта ишлаш. Микдорий усулларнинг узига хослиги." в социальных сетях: 

Просмотреть и скачать презентацию на тему "Педагогик тадкикотларнинг экспериментал натижаларини кайта ишлаш. Микдорий усулларнинг узига хослиги."

<br>11-Mavzu: Pedagogik tadqiqotning eksperimental natijalarini qayta ishlash. Miqdoriy usullarni qo
1 слайд


11-Mavzu: Pedagogik tadqiqotning eksperimental natijalarini qayta ishlash. Miqdoriy usullarni qo‘llashning o‘ziga xosligi.
Reja:
Pedagogik tadqiqotning eksperimental natijalarini qayta ishlash.
Miqdoriy usullarni qo‘llashning o‘ziga xosligi.

Tayanch so’z va iboralar: Tajriba-sinov ishlari metodikasi, tajriba-sinov ishlari bosqichlari, tajri
2 слайд

Tayanch so’z va iboralar: Tajriba-sinov ishlari metodikasi, tajriba-sinov ishlari bosqichlari, tajriba-sinov ishlarini o‘tkazishga doir tarqatma materiallar, tajriba-sinov metodlari.

Ilmiy tadqiqotning natijasi, samaradorligi, uni tashkil etishga, izchilligiga bog‘liq. Mantiqiy izch
3 слайд

Ilmiy tadqiqotning natijasi, samaradorligi, uni tashkil etishga, izchilligiga bog‘liq. Mantiqiy izchillik pedagogik tadqiqot ishining  tarkibiy qismlarini uzviyligi o‘zaro bog‘liqligidadir. Ular quyidagilardan iborat:
1.  Tadqiqot obyekti va predmeti uning dolzarbligi;
2. Tadqiqot maqsadi fan taraqqiyotida tutgan o‘rni, ta’lim-tarbiya nazariyasini takomillashtirish, mavzu bo‘yicha yangi konsepsiya yaratish, amaliy tavsiyalar ishlab chiqish;
3. Tadqiqotning muayyan maqsadi, predmeti, ilmiy muammodan kelib chiqadigan vazifalar;
4.Tadqiqoning konseptual asosi, nazariy qoidalari, tadqiqotning yetakchi g‘oyasi. Tadqiqotchining ilmiy yo‘nalishi, dastlabki konsepsiyasi unga fanning taraqqiyotida maqsad va vazifalarni aniqlash imkoniyati;
5. Tadqiqot natijasida fanning taraqqiyoti haqida ilmiy faraz. Ilmiy faraz o‘ziga xos dastlabki fikriy tadqiqot, ilmiy faoliyatga yo‘llovchi maqsad, motiv;

6. Ilmiy farazni amalda sinab ko‘ruvchi ishonchli tajriba, natijaga erishadigan tadqiqot metodika;<b
4 слайд

6. Ilmiy farazni amalda sinab ko‘ruvchi ishonchli tajriba, natijaga erishadigan tadqiqot metodika;
7. Ishlab chiqilgan tadqiqot metodikasi asosida olinadigan ilmiy dalillar, ilmiy tadqiqotning asosiy tarkibiy qismi, tadqiqot natijasida pedagogik nazariya va amaliyotni  rivojlanishi darajalarini aniqlash;
8. Ilmiy konsepsiyani ishlab chiqish, asosiy natijalarni alohida ko‘rsatish, g‘oyalar, xulosalarni ilmiy ifodalash;
9. Olingan natijalarni amalda qo‘llash tadqiqotning muhim bosqichi. Aniq metodik tavsiyalar ishlab chiqish, pedagogik qo‘llanmalar yaratish, keng pedagogik ommaga umumlashtirish.

Har bir pedagog izlanishi ana shunday ilmiy tadqiqot bosqichlariga amal qilishi,  har bir bosqich uz
5 слайд

Har bir pedagog izlanishi ana shunday ilmiy tadqiqot bosqichlariga amal qilishi,  har bir bosqich uzviy bir-biri bilan bog‘liqligi fanning talabidir.
Ilmiy tadqiqotning har bir bosqichini o‘ziga xos prinsiplari mavjud.
Ilmiy tadqiqot boshlovchi ana shu xususiyatlarni hisobga olishi tadqiqotchilik madaniyatini egallashi zarur.
Yuqoridagi talablardan tashqari har bir  ilmiy tadqiqot vazifasi muayyan ijtimoiy tarixiy shart-sharoitni hisobga olgan holda tajriba-sinov o‘tkaziladi. Shuningdek, tadqiqotchi ilmiy izlanish vazifasining murakkabligi, mazmuni va metodik imkoniyatlarini hisobga oladi.

  Tadqiqot jarayonida u yoki bu bosqichda, faraz kutilmagan kamchilikka uchrashi mumkin. Ana shu kam
6 слайд

  Tadqiqot jarayonida u yoki bu bosqichda, faraz kutilmagan kamchilikka uchrashi mumkin. Ana shu kamchiliklarni tuzatish tadqiqotda  to‘g‘ri yo‘l tanlash, maqsadga erishish uchun tadqiqotchidan shijoat talab etiladi.
Har qanday urinish ilmiy izlanishni qulay yo‘lini, muhimi, ustivor bosh g‘oyani topish, butun muammoni yechimini aniqlaydigan metodikani yaratishga yo’naltirilgan bo’lishi lozim.
Tadqiqot boshlovchi qoidaga asosan yangi tizim yaratishga urinadi. O‘zida yangilikka intilish hissini, ko‘nikmasini shakllantirish, yangi konsepsiyalar rivojidan xabardor bo‘lish tadqiqotchilik qudratini oshiradi.
  Muntazam yangi adabiyotni o‘rganib borish, konspektlash, ayniqsa, avtoreferat va maqolalarni tahlil qilish, tadqiqot metodikasini takomillashtirish, ijodiy fikrlash, yangi g‘oyalar ilgari surish  pedagogik tadqiqot  izchilligini ta’minlaydi.
Pedagogik tadqiqotlarni tashkil etish va o’tkazish bosqichlarini quyidagi tadqiqot misolida ko’rib chiqamiz.

Tadqiqot mavzusi: Pedagogika oliy ta’lim muassasasi talabalarining ma’naviy madaniyatini rivojlantir
7 слайд

Tadqiqot mavzusi: Pedagogika oliy ta’lim muassasasi talabalarining ma’naviy madaniyatini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish.
Tajriba-sinov ishlarini muayyan tartibda va dastur asosida tashkil etilishi ushbu jarayonning samaradorligini  ta’minladi.
Tajriba-sinov ishlari dasturida talabalarning ma’naviy madaniyatini rivojlanganligini tashxis etish mezonlari, ko‘rsatkichlari hamda diagnostik vositalari aniqlashtirildi.

Talabalarda ma’naviy madaniyatni rivojlanganligini tashxis etish ko‘rsatkichlari va usullari<br>
8 слайд

Talabalarda ma’naviy madaniyatni rivojlanganligini tashxis etish ko‘rsatkichlari va usullari

         Talabalarning ma’naviy madaniyatini rivojlantirishga doir tajriba-sinov ishlarini tashkil e
9 слайд

         Talabalarning ma’naviy madaniyatini rivojlantirishga doir tajriba-sinov ishlarini tashkil etish uchun dastlab tadqiqot faraziga mos metodika ishlab chiqildi. Tajriba-sinov ishlari metodikasi tajriba-sinov ishlari bosqichlari, tajriba-sinov ishlarini o‘tkazishga doir tarqatma materiallar hamda tajriba-sinov metodlarini o‘z ichiga qamrab oldi.
1.  Asoslovchi bosqich.
Mazkur bosqichning maqsadi talabalarning ma’naviy kamolot darajasini tashxis etish.
Mazkur bosqichda quyidagi vazifalar hal etildi: tayyorlov – tashxisning  maqsad, vazifa, mezon va metodlari aniqlandi;
izlanishli – tashxis obyektlari o‘rganildi va olingan axborotlar to‘plandi; tahliliy – olingan natijalar miqdor va sifat jihatdan tahlil etildi, ular izohlandi;
izohli – rejalashtirilgan ishlarni o‘tkazishga ta’sir etuvchi pedagogik ta’sirlarning majmuaviy o‘lchovi aniqlandi.
2. Tajriba bosqichi. Maqsad – integrallashgan tarbiya texnologiyalari vositasida talabalarning ma’naviyatini rivojlantirish.
Tayyorlov bosqichida tashxis etilganlari asosida talabalarning ma’naviyatini rivojlantirish yo‘llari aniqlandi.
Shakllantiruvchi bosqichda tanlangan metodlar yordamida talabalar bilan faol ish olib borildi. 
Tahliliy bosqichda mazkur bosqich tahlil etildi.


3.    Umumlashtiruvchi bosqich.
Maqsad – barcha o‘tkazilgan tajriba-sinov ishlarining yakunini chiqarish. 
Tahliliy bosqichda tajriba-sinov ishlari va olingan natijalar tahlil etildi.
Izohli bosqich asosida tashkil etilgan tajriba-sinov ishlariga doir tavsiyalar ishlab chiqildi.

Muammoni tadqiq etishga yo‘naltirilgan amaliy faoliyat bir necha bosqichda amalga oshirildi. <br>Das
10 слайд

Muammoni tadqiq etishga yo‘naltirilgan amaliy faoliyat bir necha bosqichda amalga oshirildi.
Dastlab amalga oshirilishi zarur bo‘lgan maqsad va vazifalarning mohiyatiga tayangan holda tajriba-sinov ishlarining umumiy davri va bosqichlari belgilandi. 
Bosqichlarning belgilanishida quyidagi tamoyillar ustuvor bo‘ldi:
1. Har bir bosqichda aniq maqsad va vazifalarning amalga oshirilishiga erishish.
2.Bosqichlar o‘rtasida o‘zaro mantiqiy bog‘liqlik hamda uzviylik-ning mavjud bo‘lishini ta’minlash

Muammoga doir manbalar mazmunini nazariy jihatdan tahlil etish hamda respondent-talaba va professor-
11 слайд

Muammoga doir manbalar mazmunini nazariy jihatdan tahlil etish hamda respondent-talaba va professor-o‘qituvchilarning faoliyatini bevosita va bilvosita kuzatish, ular ishtirokida suhbatlar tashkil etish asosida auditoriyadan tashqari ishlar jarayonida talabalarning ma’naviyatini  rivojlantirishda quyidagi omillar muhim ahamiyat kasb etishi taxmin qilindi, tajriba-sinov ishlari jarayonida esa ushbu farazning to‘g‘riligi tasdiqlandi:
Obyektiv omillar:
milliy qadriyatlar hamda milliy istiqlol g‘oyasi asoslariga tayanilib yaratilgan o‘quv manbalari (darsliklar,o‘quv va metodik qo‘llanmalar, risolalar, ma’ruza matnlari, ko‘rsatmali qurollar, metodik ishlanmalar);
xalqning boy o‘tmishi, madaniy merosi xususida ma’lumot bera olish imkoniyatiga ega bo‘lgan yozma manba, badiiy, san’at, ilmiy, ilmiy-ommabop asarlar;
me’moriy yodgorliklar, tarixiy qadamjolar;
milliy qadriyatlar va ularning mazmunida ilgari surilgan yuksak insoniy g‘oyalar;
ilm-fan, texnika, texnologiya, madaniyat, shu jumladan, sport sohalarida erishilayotgan yutuqlar, yaratilayotgan kashfiyotlar;
yurt tabiati, uning o‘ziga xosliklari.

Subyektiv omillar:<br>Vatan ozodligi va ravnaqi yo‘lida jonini fido qilgan xalq<br>qahramonlarining
12 слайд

Subyektiv omillar:
Vatan ozodligi va ravnaqi yo‘lida jonini fido qilgan xalq
qahramonlarining shaxsi, faoliyatlarining mazmuni va yorqin xotiralari;
ijtimoiy ishlab chiqarish sohalarining turli yo‘nalishlarida faoliyat olib borayotgan ishlab chiqarish ilg‘orlari, ilm-fan, texnika, texnologiya, madaniyat, shu jumladan, sport sohalarida yutuqlarga erishgan shaxslar va ular tomonidan amalga oshirilgan faoliyat mazmuni;
talabalarning ma’naviyatini rivojlantirishga katta hissa qo‘shayotgan, o‘zining ma’naviy qiyofasi bilan ularga o‘rnak bo‘layotgan pedagog-xodimlar;
ibratli oilalar va ularning a’zolari;
namunali mahallalarda istiqomat qiladigan keksa kishilar va ularning hayotiy tajribalari;
xalq hurmatiga sazovor bo‘lgan davlat arboblarining shaxsi va ular tomonidan amalga oshirilgan ishlar;
o‘z Vatanidan uzoqda yashayotgan insonlarning taqdiri va ularning hayot yo‘llari xususida ma’lumot beruvchi hikoyalar.

Talabalarning ma’naviy madaniyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan amaliy faoliyatning quyidagi tam
13 слайд

Talabalarning ma’naviy madaniyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan amaliy faoliyatning quyidagi tamoyillar ustuvorligi asosida tashkil etilishiga alohida e’tibor berildi:
1. Talabalarning ma’naviy madaniyatini rivojlantirishning ijtimoiy zaruriyat sifatida e’tirof etilganligi.
2. Tajriba-sinov ishlarini o‘tkazilishidan ko‘zlangan maqsadning aniqligi.
3. Asosiy maqsad doirasida tajriba-sinov ishlarining har bir bosqichida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan vazifalarning aniq belgilanishi, ya’ni, xususiy maqsadlarning aniqlanganligi.
4.  Tajriba-sinov ishlarining puxta asoslangan loyiha asosida yo‘lga qo‘yilishi.
 5.  Talabalarning ma’naviy madaniyatini rivojlantirishni ta’min etuvchi shart-sharoitning mavjudligi.
6.  Oliy ta’lim muassasalarida tashkil etilayotgan ta’lim-tarbiyaviy jarayonlarning milliy qadriyatlar hamda milliy istiqlol g‘oyasi  asoslari bilan boyitilganligi.
7. Oliy ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan pedagoglarning ma’naviy qiyofasi va ularning kasbiy mahorati darajasining inobatga olinganligi.
8. Oliy ta’lim muassasalari talabalarining ma’naviy madaniyatini rivojlantirish jarayonining izchil, uzviy, tizimli va maqsadga muvofiq tashkil etilganligi.
9. Oliy ta’lim muassasalari talabalarining ma’naviy madaniyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyatning dinamik xususiyat kasb etishi.
10.  Tajriba-sinov ishlarini tashkil etishda talabalarning shaxsiy imkoniyatlarini erkin namoyish eta olish huquqiga egaliklari.
Tajriba-sinov ishlari so‘ngida tadqiqotga doir empirik materiallarni umumlashtirish asosida pedagogika oliy ta’lim muassasasi talabalarining ma’naviy madaniyatini rivojlanganlik darajasini aniqlashga doir to‘rt (bilish-axboriy, qadriyatli-motivatsion, ijtimoiy-psixologik va faoliyatni tashkil etishga doir) guruh mezonlar bo‘yicha yakuniy holati hosil qilindi.

Pedagogika oliy ta’lim muassasasi talabalarida ma’naviy madaniyatning rivojlanganlik darajasi<br>
14 слайд

Pedagogika oliy ta’lim muassasasi talabalarida ma’naviy madaniyatning rivojlanganlik darajasi

  Amalga oshirilgan tajriba-sinov ishlari natijalarini 1-jadval ko‘rsatkichlari asosida pedagogik ol
15 слайд

  Amalga oshirilgan tajriba-sinov ishlari natijalarini 1-jadval ko‘rsatkichlari asosida pedagogik oliy ta’lim muassasasi talabalarida ma’naviy madaniyatning rivojlanganlik  darajasini tajriba-sinovgacha bo‘lgan davrda o‘tkazilgan tajriba va nazorat guruhlaridagi o‘zlashtirishlarini umumiy holda statistik tahlil qilamiz.
Matematik hisoblash qulay bo‘lishi uchun reprezentativ tarzda tajriba guruhining  182 nafar, nazorat guruhining 178 nafar talabasining ko‘rsatkichlari asos sifatida olindi.

Tajriba so‘nggidagi tahlil natijalarini umumiy holda quyidagi jadvalda ifodalaymiz:<br>Pedagogika ol
16 слайд

Tajriba so‘nggidagi tahlil natijalarini umumiy holda quyidagi jadvalda ifodalaymiz:
Pedagogika oliy ta’lim muassasasi talabalarida ma’naviy madaniyatning rivojlanganlik darajasini aniqlash ko‘rsatkichlari (tajriba so‘nggida)














Ilmiy tadqiqot samaradorligini, erishilgan natijaning haqqoniyligini aniqlashning o‘ziga xos mezonla
17 слайд

Ilmiy tadqiqot samaradorligini, erishilgan natijaning haqqoniyligini aniqlashning o‘ziga xos mezonlari mavjud. Ilmiy haqiqatga erishish uchun muayyan ilmiy mezonlar qo‘llaniladi. Ilmiy tadqiqotning barcha belgilari o‘zaro bog‘liq tarzda namoyon bo‘ladi. Faqat tizimli tarzda, o‘zining bir butunligida ular ilmiy haqiqatni ro‘yobga chiqara oladi. Ana shu jihati bilan ilmiy haqiqat kundalik bilish haqiqatidan yoxud, boshqa bilish shakllaridan farq qiladi.



Pedagogik ilmiy-tadqiqot mezonlarining o’ziga xosliklarini quyidagi tadqiqot misolida ko’rib chiqami
18 слайд

Pedagogik ilmiy-tadqiqot mezonlarining o’ziga xosliklarini quyidagi tadqiqot misolida ko’rib chiqamiz.
Tadqiqot mavzusi: Umumta’lim maktabi o’quvchilarida tarixiy tafakkurni modernizatsiyalashgan ta’minot vositasida rivojlantirish.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tarixiy tafakkurni rivojlantirish samaradorligini baholashda quyidagi mezonlarga asoslanildi:  
I. Motivatsion-kognitiv: tarixiy voqealarni bilishga qiziqish va ehtiyoj; tarixiy tushuncha va atamalarni o‘zlashtirish; tarixiy voqealar mazmunini anglash; tarixiy voqelikni idrok etish;
II. Ijodiy: tarixiy voqelikka ijodiy yondashish; mantiqiy-analitik fikrlash; voqealarning sabablarini mustaqil tahlil etish, voqealarga o‘zining shaxsiy munosabatini bildirish;
III. Faoliyatli: tarixiy voqealarni og‘zaki, yozma va amaliy tarzda ko‘rsatib berish; mustaqil qaror qabul qilish, boshqa nuqtai nazarlarni qabul qilish va o‘z fikrini asoslash va o‘zgartirish kiritish.

    Modernizatsiyalashgan didaktik ta’minot vositasida «O‘qish», «Odobnoma» fanlari hamda «Tarix ali
19 слайд

    Modernizatsiyalashgan didaktik ta’minot vositasida «O‘qish», «Odobnoma» fanlari hamda «Tarix alifbosi» va «Tarix olamiga sayohat» qo‘shimcha kurslari o‘qitilib bo‘linganidan so‘ng, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining bilim va ko‘nikmalarini tashxis etish maqsadida fasilitatsion ta’lim strategiyalari qo‘llanildi.
Nazorat va tajriba sinflari o‘quvchilariga sinovni o‘tkazishdan avval qo‘llaniladigan fasilitatsion ta’lim strategiyalari haqida ma’lumot berilib, bajarish tartiblari ko‘rsatildi.

Fasilitatsion ta’lim strategiyalari asosida bajarilgan topshiriqlar quyidagi mezonlar asosida tekshi
20 слайд

Fasilitatsion ta’lim strategiyalari asosida bajarilgan topshiriqlar quyidagi mezonlar asosida tekshirildi:
I. Tarixiy voqea sodir bo‘lgan davrga doir: tarixiy voqea sodir bo‘lgan vaqt, vaqt o‘lchov birliklari (asr, yil, oy); voqelikni sodir bo‘lish vaqti bilan bog‘liqlikda uni ketma-ketligi va davomiyligi haqida tushunchaga ega bo‘lish; Vatanimiz va jahonda yuz bergan voqealarni vaqt nuqtai nazaridan taqqoslash; tarixiy davr nuqtai nazaridan voqelikni baholash.
II. Tarixiy voqea sodir bo‘lgan makonga doir: tarixiy voqea sodir bo‘lgan joyning nomini, uning hozirda qanday atalishini bilish; voqeani mazkur hududda sodir bo‘lish sabablarini anglash; voqeaning Vatanimiz tarixi bilan aloqadorligini baholash.                    
 III. Tarixiy voqea bilan bog‘liq dalillarga doir: voqeaning sodir bo‘lishi sabablarini izohlash; voqeada ishtirok etgan shaxslar haqida ma’lumotga ega bo‘lish; voqeaning ahamiyatini baholash. 

Mazkur mezonlar asosida o‘quvchilarda tarixiy tafakkurning rivojlanganlik holatini aniqlash quyidagi
21 слайд

Mazkur mezonlar asosida o‘quvchilarda tarixiy tafakkurning rivojlanganlik holatini aniqlash quyidagi darajalar asosida tahlil etildi:
yuqori – o‘quvchi tarixiy voqea sodir bo‘lgan vaqt, voqelikni sodir bo‘lish vaqti bilan bog‘liqlikda uni ketma-ketligi va davomiyligi haqida aniq tushunchaga ega;
Vatanimiz va jahonda yuz bergan voqealarni vaqt nuqtai nazaridan taqqoslay oladi;
tarixiy voqea sodir bo‘lgan joyning nomi, voqeani mazkur hududda sodir bo‘lishi sabablarini tushuntirib bera oladi;
voqeaning Vatanimiz tarixi bilan aloqadorligini baholay oladi;  
voqeaning sodir bo‘lish sabablari, voqeada ishtirok etgan shaxslar haqida to‘liq ma’lumotga ega;
voqeaning ahamiyatini to‘liq baholay oladi;
o‘rta – o‘quvchi tarixiy voqea sodir bo‘lgan vaqt, voqelikni sodir bo‘lish vaqti bilan bog‘liqlikda uning ketma-ketligi va davomiyligi haqida tushunchaga ega; 
 Vatanimiz va jahonda yuz bergan voqealarni vaqt nuqtai nazaridan taqqoslay oladi; tarixiy voqea sodir bo‘lgan joyning nomi, voqeani mazkur hududda sodir bo‘lishi sabablarini izohlaydi;
voqeaning sodir bo‘lish sabablari, voqeada ishtirok etgan shaxslar haqida ma’lumotga ega;
voqeaning ahamiyatini baholay oladi;
quyi – o‘quvchi tarixiy voqea sodir bo‘lgan vaqt haqida tushunchaga ega;  
tarixiy voqea sodir bo‘lgan joyning nomini biladi;
voqeada ishtirok etgan shaxslar haqida ma’lumotga ega, biroq voqelikning yuzaga kelish sabablari va uning ahamiyatini tushuntirib berishda qiynaladi.

Miqdoriy tadqiqot usullari<br>Ushbu usullar guruhi hodisa va jarayonlarni miqdoriy ko'rsatkichl
22 слайд

Miqdoriy tadqiqot usullari
Ushbu usullar guruhi hodisa va jarayonlarni miqdoriy ko'rsatkichlar asosida tahlil qilishga yordam beradi.
• Statistik usullar miqdoriy ma'lumotlarni dastlabki yig'ish va yirik hodisalarni o'rganish uchun ularni keyingi o'lchashga qaratilgan. Olingan miqdoriy xarakteristikalar umumiy naqshlarni aniqlashga va tasodifiy kichik og'ishlarni bartaraf etishga yordam beradi.
• Bibliometrik usullar hujjatlashtirish va axborot sohasidagi hodisalarning tuzilishi, o'zaro bog'liqligi va rivojlanish dinamikasini o'rganish imkonini beradi. Bunga nashr etilgan nashrlar sonini hisoblash va kontent tahlili va iqtibos indeksi kiradi, ya'ni. turli manbalardan iqtiboslar hajmini aniqlash. Ular asosida o'rganilayotgan hujjatlarning muomalaga layoqatliligini, bilimning turli sohalarida ulardan foydalanish darajasini kuzatish mumkin.
Kontent tahlili alohida e'tiborga loyiq, chunki u o'ynaydi muhim rolkatta hajmdagi turli hujjatlarni o'rganishda. Uning mohiyati ma'lum mualliflar, asarlar, kitoblarning nashr etilgan sanalari bo'lishi mumkin bo'lgan semantik birliklarni hisoblashdan iborat. Ushbu usuldan foydalangan holda o'rganish natijasi aholining axborotga qiziqishi va ularning axborot madaniyatining umumiy darajasi to'g'risidagi ma'lumotlardir.

23 слайд

Комментарии (0) к презентации "Педагогик тадкикотларнинг экспериментал натижаларини кайта ишлаш. Микдорий усулларнинг узига хослиги."